
UEFA MYuni jazoladi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi UEFA tomonidan jazolanadigan bo‘ldi. Evropa Ligasi finalidan so‘ng antidoping dasturini buzganligi uchun “qizil iblislar” 100 ming evroga jarimaga tortildi.
Bundan tashqari, himoyachilar Deyli Blind va Fil Jonslar ham jarimaga tortilishdi.
Gollandiyalik futbolchi doping nazoratidan o‘tmaganligi uchun 5 ming evro miqdoridagi jarimaga tortildi. O‘sha bahsda zahirada qolgan Fil Jons esa UEFAning doping nazorati ofitserini haqoratlagani uchun u ham 5 ming evro miqdoridagi jarimaga tortildi.
Bundan tashqari, Jons jamoasining UEFA bayrog‘i ostida o‘tadigan turnirdagi keyingi ikki o‘yinini diskvalifikatsiya sabab o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar