UEFA Neymarni kechirmadi
PSJ hujumchisi Neymar UEFA tomonidan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Tashkilot parijliklarning mazkur qaror yuzasidan bildirgan appelyatsiyasini rad qildi va hukm o‘z kuchida qoldi.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik forvard o‘tgan mavsum EChL 1/8 final bosqichi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi (1:3) o‘yindan so‘ng uchrashuv hakamlarini haqorat qilgan edi.
Fikrlar