UEFA prezidenti EChL finalining boshqa shaharga ko‘chirilishi yuzasidan fikr bildirdi

  • 13.05.2021 17:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin Chempionlar ligasi finalining Portu shahriga ko‘chirilgani haqida fikr bildirdi.

Aslida final Istanbulda o‘tkazilishi kerak edi, biroq Buyuk Britaniya Turkiyani "qizil ro‘yxat"ga kiritgan va Istanbulga safar uyushtirilgan taqdirda, futbolchilar va muxlislar qaytgandan keyin o‘z mablag‘lari hisobiga karantin olishlari kerak.

Cheferin o‘z bayonotida UEFA final o‘yinini tomoshabinlarsiz o‘tkazishni rejalashtirmaganini ta’kidladi.

"Muxlislarni bunday o‘yinni stadiondan ko‘rish imkoniyatidan mahrum etish mumkin emas edi va men murosaga kelinganidan xursandman", - dedi UEFA rahbari.

Shuningdek, Cheferin Portugaliya hukumatiga, shu jumladan futbol rahbariyatiga ushbu masalani qisqa vaqt ichida hal qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

UEFA prezidenti kelajakda Istanbul hali ham Chempionlar Ligasi finaliga mezbonlik qilishiga umid bildirdi. Turkiya shahri ketma-ket ikkinchi yil bunday imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!