Ueyn Runi APLning eng kuchli 5 futbolchisidan ramziy jamoa tuzdi
"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ueyn Runi Angliya Premer-ligasida hozir faoliyat yuritayotgan eng kuchli besh nafar futbolchidan iborat ramziy jamoani tuzdi.
"Foden, Palmer, Saka, Kaysedo va Saloh", — dedi Runi BBC telekanali efirida.
Runing fikricha, ushbu jamoada himoya uchun “Chelsi” yarimhimoyachisi Moysis Kaysedo mas’ul bo‘lishi kerak.
Ma’lumot uchun, 10-turdan so‘ng APL jadvalida Londonning “Arsenal” jamoasi 25 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 19 ochko to‘plagan “Manchester Siti” ikkinchi o‘rinda, “Liverpul” esa 18 ochko bilan uchinchi pog‘onada bormoqda.



Fikrlar