
UFC 11 nafar jangchi bilan shartnomani bekor qildi!
UFC Roster Watch xabariga ko‘ra, promoushenning amaldagi jangchilari ro‘yxatida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi.
Manbaga ko‘ra, sayyoramizning eng etakchi promoushenni 11 nafar jangchi bilan shartnomani bekor qilgan.
Ular orasida rossiyalik engil vazn toifasidagi jangchi Askar Askarov (UFCda 3-1-1), engil vaznda Magomed Mustafoev (UFCda 3-2) va latviyalik Misha Tsirkunov (UFCda 6-5) bor.
Shuningdek, promoushendan “haydalganlar” orasida Kshishtof Yotko, Lui Koske, Nik Maksimov, Charli Ontiveros, Jessi Ronson, Kemeron VanKamp, Darian Uiks va Jeyson Vitt ham bor.
Fikrlar