
"UFC 257": Dastlabki jangda hakamlar kutilmagan qaror bilan polshalik jangchini g‘olib deb e’lon qildi
Ayni daqiqalarda Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida "UFC 257" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Prelim-karddan o‘rin olgan dastlabki jang amerikalik Xalil Rauntri va polshalik Marchin Prachnio o‘rtasida kechdi.
Jang davomida raqibini deyarli nokdaun holatiga tushirib qo‘yganiga qaramay, yakunda Xalil Rauntri hakamlar tomonidan ochkolar hisobiga mag‘lub, deb topildi.
Fikrlar