
"UFC-259". Adesanya - Blaxovich jangi to‘liq davom etdi! (matnli translyatsiya)
11:22: Yaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaannnnnnnnnnnnnnnnnnnnnnnn Blaxoviiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiichchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchchch!
Polshalik sportchi egilmas deya ta’riflanayotgan Adesanyani mag‘lub etib, bu vazn toifasida kim zo‘rligini isbotlab qo‘ydi!
11:18: Adesanyaning e’tiborsizligidan unumli foydalangan Blaxovich muvaffaqiyatli teykdaun amalga oshirdi. Parterda faollik ko‘rsatgan Yan so‘nggi raundni kichik ustunlik bilan o‘z foydasiga hal etdi deyish mumkin.
11:12: Deyarli butun raundni tomonlar parterda o‘tkazdi. Yan Blaxovich raqibining ustiga chiqib olib, ustunlikni qo‘l ostida ushlab turdi. Bu raund uning hisobiga yozilganligi katta ehtimol. Barchasi so‘nggi raundda hal bo‘ladi!
11:06: Ushbu raund davomida Blaxovich biroz faollik qo‘shgani sezildi. Endi u ham bir necha kuchli zarbalar yo‘llay boshladi. Shunga qaramay, Israel oktagon markazini qo‘ldan boy bermaslikka harakat qilyapti.
11:00: Oktagon bo‘ylab Israel raqibini ta’qib qilmoqda. Masofa yaqinlashgan taqdirda, Yan kuchli zarbalari bilan raqibini "tuzoqqa tushiryapti". Umumiy hisobda o‘ta kichik ustunlik Adesanya tomonda deyish mumkin.
10:53: Dastlabki soniyalarni Adesanya biroz faol o‘tkazdi. Umuman olganda, tomonlar ehtiyotkorlik va bir-birini o‘rganishga vaqt sarfladi. Oldimizda yana 4 raund kutib turibdi. Bugun barchasi hal bo‘ladi!
10:48: Jang boshlandi!
10:45: "Main event" ishtirokchilari oktagonga chiqib keldi! Israel Adesanya va Yan Blaxovich jangga tayyor!!!
10:28: Taxmin qilinganidek, Nunes jangni o‘ta faol boshladi va dastlabki sonilardan raqibasini "eb tashladi". Kurashga kirgan Amanda bo‘g‘ish uslubi bilan Andersonni mag‘lubiyatga uchratdi.
10:23: Ayollar o‘rtasida chempionlik jangi boshlanmoqda! "Co-main event"da UFCning eng yorqin jangchilaridan biri Amanda Nunes Megan Andersonni sinovdan o‘tkazadi.
9:59: Jangchilar biroz holdan toydi. Ayniqsa, Sterlingda bu holat yaqqol sezila boshladi. Raund davomida Yan bir necha zarbalar yo‘lladi. Raund yakuniga oz vaqt qolganida Pyotr Yan o‘tirgan raqibining boshiga tizzasi bilan kuchli zarba yo‘lladi. Hakamlar jangni to‘xtatdi va o‘ziga kelib olish uchun Sterlingga vaqt berdi. Biroq Aljameyn jangni davom ettira olmadi va qoidaga zid harakat qilgan Pyotr Yan diskvalifikatsiya qilindi. Shu tariqa, Sterling g‘alaba qozondi va chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Ammo u chempionlik kamarini qabul qilishni istamadi va uni tashlab yubordi.
9:53: Yan uzoq masofadan yaxshi zarbalar yo‘llamoqda. Raqibi oradagi masofadani qisqartirishga urinyapti. Raund teng kurashlar ostida davom etdi. Kichik ustunlikni Pyotr Yan tomonida deyish mumkin.
9:47: Sterling ikkinchi raundda ham faol start oldi. Raqibini yaqin masofada ushlab turdi. Jang uning nazorati ostida davom etmoqda. Ammo Sterling bir necha vaziyatda hakamdan og‘zaki ogohlantirish oldi. Unga vaqtni sun’iy ravishda cho‘zish aybi qo‘yildi.
9:41: Sterling jangni faolroq boshladi. Ketma-ket zarbalar va lou-kiklar bilan raqibni "siylab" turdi. Pyotr Yan ham qarshi hujumlarda raqibga yaxshi javob qaytarishga erishdi. Raund tugashiga 2 daqiqa qolganida Yanning to‘g‘ridan bergan zarbasi raqibi yiqilishiga sabab bo‘ldi. Bir "hamla" bilan rossiyalik sportchi ustunlikni qo‘lga kiritdi.
9:35: Oktagonga AQSh sharafini himoya qilayotgan Aljameyn Sterling hamda rossiyalik Pyotr Yan chiqib keldi. Jang 5 raundga mo‘ljallangan.
9:28: Chempionlik janglariga ham navbat etib keldi! Har bir g‘olib kamar qo‘lga kiritadi.
9:18: Jang yakunlanishiga oz fursat qolganida Maxachev raqibiga bo‘g‘ish uslubini qo‘lladi va Dober bunga bardosh bera olmadi. Jang Islam foydasiga muddatidan avval yakunlandi.
9:13: Ikkinchi raund ham asosan Maxachevning ustunligi bilan o‘tdi. Kurash usullari bilan o‘z pozitsiyasini yaxshilab olgan dog‘istonlik jangchi bir necha zarbalar bilan ochko ishlashga muvaffaq bo‘ldi.
9:06: Kutilganidek, Maxachev teykdaun amalga oshirdi. Raqibining ustiga chiqib olgan Islam bir necha zarbalar bilan ochko ishlashga urindi. Xabib o‘z yurtdoshiga batafsil ko‘rsatmalar berib bordi. So‘nggi soniyalarda Islom barchasiga nuqta qo‘yishi mumkin edi. Biroq Maxachev raqibining qo‘lini o‘zi kutganichalik qayira olmadi. Raund to‘liq dog‘istonlik jangchi foydasiga hal bo‘ldi deyish mumkin.
9:01: Yorqin kurashlar ostida kechishi kutilayotgan navbatdagi jang boshlanmoqda. Oktagonga engil vazn toifasida Rossiya bayrog‘i ostida Islam Maxachev va AQSh sharafini himoya qilayotgan Dryu Dober ko‘tarildi. Kurashchi Maxachev nokautchi Doberga qarshi. Darvoqe, Islam Maxachevga UFC afsonasi Xabib Nurmagomedov sekundantlik qilmoqda.
8:42: So‘nggi raund ham pastroq tempda davom etdi. Kichik ustunlikka ega bo‘lgan Aleksandr Rakich hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib deb topildi.
8:34: Rakich raqibiga masofani qisqartirishga imkon bermayapti. Juda kichik ustunlik avstriyalik sportchida bo‘ldi. Shunga qaramay, hamon ehtiyotkorlik asosiy planda. Barchasi uchinchi raundda hal bo‘ladi.
8:28: Ilk raundda tomonlar oktagon bo‘ylab aylanib yurdi. Hozircha, tenglik. Biroq Santosning zarbalari biroz og‘irroq tosh bosgan bo‘lishi ham mumkin. Biroq bu ustunlik bera olmasligi ehtimoldan holi emas.
8:23: Asosiy karddan o‘rin olgan dastlabki jang yarim og‘ir vazn toifasida braziliyalik Tiagu Santos hamda avstriyalik Aleksandr Rakich o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Jangchilar allaqachon oktagonda!
8:00: Barcha prelim janglar ortda qoldi. Navbat uzoq kutilgan asosiy kardga!
7:57: So‘nggi daqiqalarda har ikki sportchi ochiq jangga kirdi. Ehtiyotkorlik bir chetga surib qo‘yildi va tomonlar bir-birini kuchli zarbalar bilan "siyladi". Nisbatan teng kurashlar ostida kechgan to‘qnashuv Dominik Kruz foydasiga hal bo‘ldi. Ta’kidlash lozim, hakamlar ham o‘ta kichik ustunlik bilan Kruz g‘alabasini aytib o‘tdi.
7:52: Ushbu raundda Dominik Kruz biroz faolroqdek tuyuldi. Stoykada berilgan zarbalar orqali tajribali sportchi ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qildi. So‘nggi soniyalarda Keysi Kenni raqibini bo‘g‘ish uslubiga olishiga bir bahya qoldi. Ammo vaqt kamlik qildi.
7:45: Ilk raundda Kruz jangni haqiqiy shouga aylantirishga harakat qildi. Kenni raqibini kuchli zarbalari bilan tihutib olishga urindi. Raund teng kurashlar ostida kechdi.
7:40: So‘nggi prelim jangi boshlanmoqda. Oktagonga Dominik Kruz hamda Keysi Kenni chiqib kelyapti. Har ikki sportchi AQSh sharafini himoya qiladi.
7:28: Avvalgilarini boy bergan Song Yadun uchinchi raundni katta ustunlik bilan o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Teng kurashlar ostida kechgan jang hakamlar qaroriga ko‘ra Kayler Filips foydasiga hal bo‘ldi. Hakamlarning barchasi 29:28 ko‘rinishida amerikaliy sportchiga yuqoriroq ball qo‘ydi.
7:21: Ikkinchi raund ham avvalgisi kabi stsenariy ostida kechdi. Bu safar ham kichik ustunlik Filips tomonda. Ayniqsa, raund yakuniga 1 daqiqacha vaqt qolganida amalga oshirilgan tekdaun unga ochkolar hisobida ustunlikni taqdim etdi.
7:15: Ilk raundda Filips biroz faoldek ko‘rindi. Har ikki tomon ham yuz qismiga aniq etib borgan bir necha zarbalar yo‘lladi. Zarbalari nisbatan aniq borgan Keyler o‘z hisobiga bitta parter ham yozib qo‘ydi.
7:10: Navbatdagi to‘qnashuvda Xitoylik Song Yadun va AQSh vakili Keyler Filips o‘zaro kurash olib boradi. Tomonlar allaqachon oktagolga ko‘tarilib ulgurdi.
7:00: Uchinchi raundda ham faolroq ko‘ringan rossiyalik sportchi hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra jangni o‘z foydasiga hal etdi. Yaqqol ustunlik va ajoyib g‘alaba!
6:54: Askarov ikkinchi raundni to‘liq ustunlik ostida o‘tkazdi. Bir necha kuchli zarbalari orqali raqibi yuzida jarohatlar paydo qildi. Benavidesning hozirgi holatiga havas qilib bo‘lmaydi. 3-raundda Jozef faqatgina nokaut orqali jangni o‘z foydasiga hal etishi mumkin.
6:47: Birinchi raundda har ikki tomon ehtiyotkorlikka urg‘u qaratdi. Masofani saqlagan holda, to‘g‘ridan bir necha zarbalar berildi. Faqatgina so‘nggi soniyalarda Askarov raqibini bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etmoqchi bo‘ldi. Ammo vaqt etmay qoldi.
6:40: Navbatdagi jang Jozef Benavides hamda Askar Askarov o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Jangchilar oktagonga ko‘tarildi.
6:18: Birinchi raundni Bontorin katta ustunlik bilan boshladi. Parterda ishonchli harakat qilgan sportchi raqibini bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etishga urindi. Ammo Kara-Frants raund yakuniga 25 soniya qolganida zarbalar seriyasi bilan raqibini nokautga uchratdi. Ajoyib kambek guvohiga aylandik!
6:11: Asosiy kard oldidan prelim janglar bo‘lib o‘tmoqda. Biz esa ayni daqiqalarda siz aziz muxlislar bilan Rojerio Bortorin hamda Kay Kara-Frants jangini tomosha qilamiz.
Assalomu alaykum, aziz UFC ixlosmandlari! Bugun barchamiz sabrsizlik bilan kutgan "UFC 259" turniri bo‘lib o‘tadi. Kechani siz bilan Javohir Azimov matnli translyatsiya tarzida kuzatib boradi.
Fikrlar