"UFC 261": Valentina Shevchenko navbatdagi jangini o‘tkazdi

  • 25.04.2021 08:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni daqiqalarda AQShning Jeksonvill shahri "UFC 261" turniriga mezbonlik qilmoqda. Hozirga kelib, prelim kard va anderkarddagi janglar o‘z yakuniga etib, asosiy uch chempionlik jangi boshlandi. Dastlab, ayollar o‘rtasida super engil vazn toifasi vakilasi asli qirg‘izistonlik bo‘lgan chempion Valentina Shevchenko da’vogar Jessika Andradega qarshi oktagonga ko‘tarildi. 

Birinchi raundda Shevchenko yaqqol dominantlik qildi. U teyk-daun"lar va aniq zarbalar borasida ham raqibasidan bir bosh ustunlik qildi. Jessika birinchi raundda Shevchenkoga etarli qarshilik qila olmadi. 

Ikkinchi raundning boshida yana bir "teyk-daun"ni amalga oshirgan Valentina raqibasiga ketma-ket zarbalar bilan Jessikani ko‘z ochirmadi va natijada texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Shu tariqa qirg‘izistonlik jangchi qiz o‘ziga tegishli bo‘lgan titulni munosib himoya qila oldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!