UFC-264. BUUUM! Tay Tuyvasa raqibini uxlatib qo‘ydi (matnli translyatsiya)

  • 11.07.2021 07:17
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Assalomu alaykum, aziz UFC ixlosmandlari! Bugun barchamiz sabrsizlik bilan kutgan "UFC 264" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Birozdan so‘ng, kechaning asosiy kard janglari start oladi. Ushbu to‘qnashuvlarni siz bilan Jaloliddin Qobiljonov matnli translyatsiya tarzida kuzatib boradi.

Tecno

8:18. BUUUM! O‘tkazib yuborilgan og‘ir zarbadan so‘ng Tay Tuyvasa qaytdi va chap qoldagi kuchli zarba bilan Xardini uxlatib qo‘ydi.

8:16. Taniqli qo‘shiqchi Jastin Biber ham janglarni "T-Mobile" arenadan kuzatib bormoqda

8:15. Sportchilar oktagonga chiqib keldi. Birozdan so‘ng jang boshlanadi.

8:08. Navbatdagi jang og‘ir vazn toifasida bo‘lib o‘tadi. Bu to‘qnashuv Tay Tuyvasa (11-3) – Greg Xardi (7-3) o‘rtasida kechadi

8:01. Iren Aldana raund yakunlanishiga 25 soniya qolganida texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi. 

7:57. Jang boshlandi!

7:50. Asosiy kardning ikkinchi jangi boshlanish arafasida. Bu to‘qnashuv ayollar o‘rtasida o‘tkaziladi. Iren Aldana (12-6) rossiyalik Yana Kunitskayaga (14-5) qarshi oktagonga ko‘tariladi. 

7:39. TUGADI! Ketma-ket og‘ir zarbalardan so‘ng referi jangni to‘xtatdi. O’Melli uchinchi raunda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

7:38. Moutino raqibiga "tirik meshok" vazifasini bajarib bermoqda. 

7:35. Uchinchi raund boshlandi!

7:33. Ikkinchi raundni ham Shon katta ustunlik bilan yakunladi. 

7:31.  O’Melli oktagonda xohlaganini qilmoqda. Moutino zarbalarni qabul qilyapti. 

7:28. Ikkinchi raund boshlandi.

7:27. Raun yakunlandi. So‘nggi soniyalarda Moutino kuchli zarba qabul qilib oldi. Uni bong qutqardi. 

7:25. Shon ketma-ket seriyalar ishlamoqda. Moutnio kuchli zarbalarni qabul qilib oldi.

7:22. Birinchi raund boshlandi. O'Melli dastlabki daqiqalardan loukiklar bilan raqibigi bosim qilmoqda.

7:17. Asosiy kard janglari start olmoqda. Rang-barang sochlar o‘rtasidagi jang boshlanmoqda. Shon O’Melli va Kris Moutino oktagonga chiqib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!