
UFC 271: Adesanya va Uittaker vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi (video)
Yakshanba tongida Amerika Qo‘shma Shtatlari Texas shtatida joylashgan "Toyota Center" arenasida UFC 271 turniri bo‘lib o‘tadi. Kechaning markaziy bahsi Israel Adesanya va Robert Uittaker ishtirokidagi revansh jangi hisoblanadi. To‘qnashuv oldidan vazn o‘lchash va "face-to-face" marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, Adesanya va Uittaker bir xil 83,46 kg tosh bosdi. Ikkinchi asosiy jang ishtirokchilari Derrik Lyuis 120,65 kg, Tay Tuivasa 120,2 kg natija qayd etdilar.
Fikrlar