
"UFC 276" turnirining asosiy kardidan o‘rin olgan 3 ta jang yakunlandi
Ayni daqiqalarda AQShning Las-Vegas shahrida "UFC 276" turniri davom etmoqda. Prelim jang yakunlanib, asosiy karddan o‘rin olgan bir qator janglar ham o‘tkazildi.
Jumladan, asosiy karddan o‘rin olgan Shon O Melli-Pedro Muniz jangida g‘oliblar aniqlanmadi. Ya’ni, Shonning ta’qiqlangan zarbasi tufayli, natija bekor bo‘ldi. Shuningdek, Barbarena Loulerni texznik nokaut bilan mag‘lub etgan bo‘lsa, Aleks Perreyra Shon Striklendni muddatidan avval taslim etdi.
Oldinda bizni ikki markaziy jang, Aleksandr Volkanovski-Maks Xollouey hamda Israel Adesanya-Jared Kannonir to‘qnashuvi kutib turibdi. Voqealar rivojini bizda kuzatib borinG!
Fikrlar