
UFC 277. Magomed Ankalaev jangi ikki raund davom etdi
AQShning Dallas shahrida UFC 277 turniri o‘tkazilmoqda.
Yarim og‘ir vazn toifasida kechgan Magomed Ankalaev va Entoni Smitt o‘rtasidagi jang ikki raund davom etdi. Birinchi raundni Ankalaev o‘z hisobiga hal qildi. Ikkinchi raund boshida Smitt raqibini parterga olib tushdi, lekin Magomed yaxshi himoyalanib, raqibga zarbalar yo‘lladi va texnik nokautga erishdi.
Avvalroq, Deyna Uayt ushbu to‘qnashuv g‘olibi kamar uchun jang qilishi haqida aytagandi.
Fikrlar