"UFC 278" turnirining to‘liq "fayt-kard" i bilan tanishing.Qiziqarli janglar bo‘lib o‘tadi!

  • 17 avgust, 2022, 14:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

 21 avgust kuni tunda "UFC 278" turniri start oladi. Ushbu jang kechasi bizga bir qator qiziqarli to‘qnashuvlarni taqdim etadi. AQShning Yuta shtati  Solt-Leyk-Siti shahrida tashkil etilayotgan ushbu kechaning markaziy jangi yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasi chempioni Kamaru Usman hamda da’vogar Leon Edvards o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bu ularning revansh jangi bo‘lib, dastlabkisida Usman g‘alaba qozongan. Shuningdek, muxlislar diqqat e’tiboridaga yana bir nechta janglar bo‘lib o‘tadi. Quyida to‘liq "fayt-kard" bilan tanishishingiz mumkin.

Tecno

Asosiy kard:

Kamaru Usman – Leon Edvards;

Paulo Kosta – Lyuk Rokxold;

Joze Aldo – Merab Dvalishvili;

Marchin Tybura – Aleksandr Romanov;

Tayson Pedro – Gerri Xansaker.

Prelim kard:

Leonardo Santos – Jared Gordon;

Vu Yanan – Lyusi Pudilova;

Shon Vudson – Luis Saldana;

Miranda Meverik – Shenna Yang;

Ey Jey Fletcher – Ange Lusa;

Amir Albazi – Fransisko Figeredo;

Kileng Aori – Jey Perrin;

Daniel Laserda – Viktor Altamirano.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!