"UFC 279" : Xamzat Chimaev va Kevin Xolland jangi 1-raund davom etdi. Xamzat o‘z o‘rnida!

  • 11 sentabr, 2022, 08:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

"UFC 279" turnirining 2-markaziy jangi o‘sha shov-shuvlarni yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan Xamzat Chimaev hamda o‘rta vazn toifasining yaxshi jangchilaridan biri Kevin Xolland o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. 

Tecno

Albatta, ushbu qarama-qarshilikka qiziqish yanada oshib ketgandi. Sababi, o‘sha matbuot anjumanidagi janjallar, bir-biriga "shirin" iltifotlar bahsning ahamiyatini juda ham oshirib yuborgandi. Bu qarama-qarshilik ham Chimaevning sharofati bilan oraliq vazn (81,6 kg) toifasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur to‘qnashuvga qadar Chimaevda 11 ta jang barchasida g‘alaba, Xollandning ko‘rsatkichi esa 23 -7 va bitta hisobga olinmagan jang ham mavjud edi. 

Xullas, favorit sanalayotgan Chimaevga Kevin Xollandning qay darajada qarshilik qila olishi barchaga qiziq edi. Jang shuni ko‘rsatdiki, baribir Xolland Chimaev darajasidan ancha past ekan. Chunki, chechen jangchisi unga xech qanday imkoniyat qoldirmadi va xaqli tarzda g‘alabaga erishdi. Voqeylik 1-raundda sodir bo‘ldi va unda Xamzat o‘zining uslubida shunchaki uni bo‘g‘ib qo‘ydi va 12-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!