UFC 279: Iren Aldana va Meysi Chiasson jang kechasini "yondirdi"!

  • 11 sentabr, 2022, 07:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

"UFC 279" turnirining markaziy janglariga tobora yaqin qolmoqda. Navbatdagi qarama-qarshilik ayollar o‘rtasidagi o‘ta engil vazn (61.2 kg) toifasida o‘tkazildi. Unda meksikalik Iren Aldana AQSh vakilasi Meysi Chiassonga qarshi bahs yuritdi. 

Tecno

Mazkur jangga qadar, Aldana 13 ta g‘alaba va 6 mag‘lubiyat qaayd etgan bo‘lib, reytingda 4-o‘rinda qayd etilgan, Chiasson esa 8 ta g‘alaba va 2 mag‘lubiyat bilan 10 pog‘onani band qilib turgandi. Albatta, favorit sifatida Aldana e’tirof etilayotgandi, zero uning retingdagi o‘rni ham ko‘p narsani anglatib turardi va taxminlar va e’tiroflar o‘zini oqladi. 

1-raundda Chiassonni bong qutqarib qolgan bo‘lsa, 2-raundda Chiassonda ajoyib imkoniyat paydo bo‘lgandi. Ya’ni "parter"dagi qulay vaziyatdan Chiasson ham foydalana olmadi. Hal qiluvchi 3-raundda Aldana yotgan holatda oyoq bilan jigarga zarba berib, jang taqdirini hal qildi. Shu tariqa meksikalik jangchi navbatdagi ya’ni, 14-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!