
UFC 279: Li Jiangling va Daniel Rodriges jangi to‘liq davom etdi
"UFC 279" turnirining navbatdagi qiziqarli to‘qnashuvi xitoylik Li Jingliang va AQSh vakili Daniel Rodiriges ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Xabaringiz bor, vazn qila olmasliklar va raqiblarning o‘zgarishi natijasida ushbu bahs oraliq vazn (81,6 kg) toifasida tashkil qilindi. Aslida, Li Toni Fergyuson bilan jang qilishi kerak edi, Ammo, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, voqealar rivoji unga Rodrigesni taqdim etdi.
Rodriges bu jangga qadar 16 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan, Li hisobida esa 19 g‘alaba va 7 mag‘lubiyat bor edi. Ular o‘rtasidagi to‘qnashuvning dastlabki raundi biroz sokin tarzda o‘tdi. 2-raunda har ikkisi ijrosida bir qator aniq va kuchli zarbalarni guvohiga aylandik. Barchasini 3-raund hal qildi va unda aniqroq harakat qilgan Rodriges ochkolar hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Oldinda bizni markaziy janglar kutib turibdi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar