UFC 279: Toni Fergyuson-Neyt Diaz o‘rtasidagi super jang 4-raundda yakunlandi

  • 11 sentabr, 2022, 09:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

"UFC 279" turnirining markaziy jangi ham qiziq bo‘lishi turgan gap edi. Chunki, ikki Gangsterlarning to‘qnashuvi, UFCning o‘tmishdagi yulduzlari bahsiga bo‘lgan e’tibor ham Chimaev-Xollandnikidan aslo kam emasdi. Ya’ni, Toni Fergyuson hamda Neyt Diaz to‘qnashuvi 5 raund qilib belgilangan edi. 

Albatta, ularning to‘qnashuvida "teyk-daun"larga urinish va "parter"dagi harakatlarni kutishning o‘zi biroz mantiqsizlik edi. Chunki, har ikkisi "stoyka"da jang olib borishni xush ko‘radigan jangchilar toifasiga kirardi va ushbu taxsinlar o‘zini oqlagandek, har ikkisi asosiy urg‘uni qo‘l-oyoq zarbalariga qaratdi. Ammo, 4-raundda baribir Fergyuson ijrosida  "teyk-daun"nni ko‘rdik. Biroq, ushbu harakat Toni uchun qimmatga tushdi. Sababi Dias ushbu vaziyatdan unumli foydalangan holda, bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alabani ilib ketdi. 

Shu tariqa UFCning o‘tmishdagi yulduzlari to‘qnashuvida Neyt Dias g‘alaba qozondi. Fergyuson esa qatorasiga 5-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!