UFC 280 doirasida yana bir chempionlik jangi o‘tkaziladi (foto)

  • 07.08.2022 17:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • MMA

Xabaringiz bor, 22 oktyabr kuni Abu-Dabida UFC 280 turniri bo‘lib o‘tadi.

Promoushen matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, jang kechasida yana bir chempionlik to‘qnashuvi o‘tkaziladi. Divizion chempioni Aljameyn Sterling o‘z kamarini ikkinchi bor sobiq chempion Ti Jey Dillashouga qarshi himoya qiladi.

Sterling ayni paytda 7 jangdan iborat g‘alabali seriya qayd etmoqda, u so‘nggi bor 2017 yilda Marlon Moraesga imkoniyatni boy bergan. 

Ma’lumot uchun, UFC 280 doirasida asosiy qarama-qarshilik Islom Mahachev hamda Charlz Oliveyra o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

297409434_146830444646609_7119919221405956526_n

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!