UFC Arman Tsarukyaning qaytishini hali yolvorib so'raydi

  • 11.06.2026 16:14
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tsarukyaning jamoadoshi Pet Dauni Arman va UFC oʻrtasidagi munosabatlar qanday tus olganini aytdi.

"Arman doim UFC bilan munosabatlarda ojiz qolardi, lekin endi u zaif pozitsiyada emas. Hozir vaziyat butunlay oʻzgarqan.

UFC hali Tsarukyaning qaytishini soʻrab yolvoradi: Arman, iltimos. Boshqa loyihalaringdan biroz chalgʻib, yana bizda jang qilsang boʻlmaydimi? Iltimos. Hozir bizsiz ham koʻproq pul topayotganingni tushunamiz, deya aytishadi",
- dedi amerikalik "Bloody Elbow" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Arman Tsarukyan 13 iyun kuni RAF ligasida Toni Fergussonga qarshi bahs olib boradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!