UFC chempioni xokkeychi bilan muzda jang qilmoqchi

  • 23.05.2026 14:38
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘rta vaznda amaldagi UFC chempioni Shon Striklend Milliy xokkey ligasining (NHL) "Vegas Golden Nights" klubi o‘yinchilaridan biri bilan jang qilishni istamoqda.

"Men haqiqatan ham xokkeychini mag‘lub etishni xohlayman... Lekin bahs adolatli bo‘lishi uchun muz ustida kurashishimiz kerak. "Vegas Golden Nights", menga qarshi chiqadigan yigitni o‘zingiz tanlang", - deb yozdi Shon X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Striklend "UFC 328" turnirida Hamzat Chimaevni ochkolar evaziga yengib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!