UFC chempionligi uchun ikki da'vogar qattiq tortishib qoldi
Braziliyalik UFC jangchisi Karlos Prates Ekvador vakili Maykl Moralesga murojaat qilib, u bilan oktagonga chiqishdan qo‘rqmayotganini ta’kidladi.
"Agar Mayklning ham men kabi ikki qo‘li va ikki oyogi bo‘lsa, u bilan jang qilishga tayyorman. U meni qo‘rqayotganimni aytibdi. Naqadar kulgili-a?! Morales, men sendan qo‘rqmayman. Men birinchi raqamli da’vog‘ar sifatida chempionlik kamari uchun oktagonga chiqaman.
UFC haligacha sen bilan jang taklifini bermadi. Biroq taklif qilishi bilanoq, albatta, men rozi bo‘laman va seni juda tez nokautga uchrataman. Hammasi birinchi raundning o‘zida tugaydi, xavotir olma", — deya ta’kidladi Prates.
Eslatib o‘tamiz, ikki UFC yulduzi ham oxirgi jangida muddatdan avval g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar