"UFC Fight Night 204". "Yangi Konor"da g‘alaba, Den Xuker yutqazdi
Bugun, 20 mart kuni Londonda "UFC Fight Night 204" turniri bo‘lib o‘tdi.
Kechaning asosiy jangida og‘ir vazndagi Aleksandr Volkov (34-10) Tom Aspinellga (12-2) birinchi raundda yutqazib qo‘ydi.
Shuningdek, yarim engil vazn toifasida kechgan Arnold Allen (18-1) va Den Xuker (21-12) o‘rtasidagi jang ham mudatidan avval yakunlandi. Allen birinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
Asosiy kardning qolgan natijalari bilan tanishing:
Peddi Piblett (18-3) Rodrigo Vargasni (12-5) birinchi raundda mag‘lub etdi;
Gunnar Nelson (18-5-1) hakamlar qaroriga ko‘ra Takashi Satodan (16-5) ustun keldi;
Molli Makkenn (12-4) uchinchi raundda Luana Karolinani (8-3) nokautga uchratdi;
Jey Gerbert (11-4) ikkinchi raundda Iliya Topuriyaga (12-0) nokautbilan yutqazdi.

Fikrlar