
UFC "gigant"i jangchilarni yonini olib, maoshlarni oshirishga chaqirdi
Og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Frensis Ngannu bloger Jeyk Polning promushen maoshlarni oshirishi kerak degan fikrini ma’qulladi.
"Men Jeykning barcha bayonotlarini internetda kuzatib boraman va nimalar bo‘layotganini yaxshi tushunib turibman. Bilasizmi, Polning o‘ziga hos muloqot usuli bor, bu boshqalardan biroz farq qiladi. Ha, u bilan men boshqacha gaplashamiz, lekin uni ayblamaynman. Jeykning gaplariga 100 foiz qo‘shilaman.
Jangchilarning oyligini oshirish kerak, desa u bilanman. Jangchilar himoyalanmagan. Ularga o‘zlaridan boshqa hech kim qayg‘urmaydi. Gohida zalda aylanib yurib, jangda endigina yutqazib, jarohat olgan sportchini ko‘raman. Ammo u hammasi iziga tushib ketishiga umid qilib, mashg‘ulotlarni davom ettiradi. Sababi davolanishga qurbi etmaydi. Faqat janglar orqali tirikchilik qilishni biladi.
Bunday vaziyatlarga qarab, bu normayl holat deyish qiyin. Jangchilar doim sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadi. Hech bo‘lmaganda ularga yaxshiroq tibbiy sug‘urta bering", - dedi Ngannu.
Fikrlar