
UFC ketma-ket 2 ta jangni "barbod" qilgan jangchidan voz kechdi
UFC Roster Watch ma’lumotlariga ko‘ra, og‘ir vazn toifasidagi jangchi Aspen Ledd UFCdan chetlatildi.
Gap shundaki, u 14 avgust kuni amerikalik Sara Makmanga qarshi jang qilishi kerak edi, biroq unda koronavirus aniqlangan edi.
Keyinchalik ushbu jang 18 sentyabr sanasiga qoldirildi. Ammo Ledd ortiqcha 900 gramm vazn ko‘rsatgani uchun, vazn toifasidagi talabni bajara olmadi. UFC esa ketma-ket 2 marta jangni qoldirgani uchun u bilan shartnomani bekor qildi.
Ma’lumot uchun, Ledd UFC doirasida oltita jang o‘tkazib, ularning uchtasida g‘alaba qozongan.
Fikrlar