UFC. Og‘ir zarbalarni o‘tkazib yuborgan Chimaev yakunda g‘alaba qozondi
AQShning Jeksonvill shahrida UFC 273 turniri davom etmoqda.
Hozirgina yarim o‘rta vazn toifasidagi Hamzat Chimaev va Gilbert Byorns jangi yakunlandi. Birinchi raundni Chimaev yaxshi o‘tkazdi. Ikkinchi va uchinchi raundlarda Byorns ustunlikin o‘z tarafiga og‘dirdi. To‘liq davom etgan jangda hakamlarning qaroriga ko‘ra Chimaev g‘olib, deb topildi.
Turnir haqidagi so‘nggi yangiliklarni SPORTS.uz saytida kuzatib boring.
Fikrlar