UFC prezidenti: Menga o‘n yarim yil umrim qolganini aytishdi...

  • 27 sentabr, 2022, 08:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC prezidenti Dana Uayt qon va DNK tekshiruvi orqali umr ko‘rish davomiyligini aniqlaydigan "o‘lim bo‘yicha mutaxassis" bilan uchrashgani haqida gapirdi.

Tecno

"Men qachon o‘lishimni bilish g‘oyasiga berilib ketdim. Uchrashuvga keldim, ular mendan qon tahlillari olishdi, yonoqlarimning ichki qismidan tahlillar olishdi, shundan so‘ng men uch yarim soat davomida natijani kutdim, shu vaqt ichida men juda asabiylashdim.

Oxir-oqibat u chiqib, o‘n yarim yil umrim borligini aytdi. Agar siz turmush tarzingizni o‘zgartirmasangiz, sizning umringiz shuncha qoldi, deb aytdi.

Meni qo‘rqitadigan narsa shundaki, men unga muammolarim haqida hech narsa aytmadim, lekin u menga qon tahlillari asosida butun kasallik tarixini aytib berdi. U menga boshimga tushgan hamma narsani, jumladan, xotinim ham bilmagan narsalarni aytib berdi.

Shuning uchun men u tavsiya qilgan hamma narsani qildim. Men 13,6 kg vazn yo‘qotdim. Taxminan o‘n uch hafta oldin, oyoqlarim dahshatli holatda edi. Hatto egilib, tuflilarimni bog‘lay olmadim.

Ba’zi kunlari zo‘rg‘a yurardim. Hozir unday emas. Bu muammolarning barchasi o‘n hafta ichida yo‘q bo‘lib ketdi ", - dedi Uayt.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!