UFC prezidenti: Xabibning gaplari to‘g‘ri chiqdi...

  • 24 oktabr, 2022, 11:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC prezidenti Dana Uayt Islom Maxachevning Charlz Oliveyraga qarshi jangidan so‘ng, rossiyalik jangchi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Maxachev raqibini ikkinchi raunddayoq mag‘lubiyatga uchratgan edi.

“Jang tugaganidan keyin oktagonga chiqqanimda, Xabib menga shunday dedi: “Men senga Islom dunyodagi eng zo‘ri deb aytgandimku”.

Aytmoqchimanki, Oliveyrani mag‘lub etish boshqa, lekin uni Maxachev kabi mag‘lub etish boshqa narsa. U buni juda tez amalga oshirdi.

Islom bugun o‘zini aql bovar qilmaydigan tarzda tutdi. Eng katta savol uning buncha bosimga qanday bardosh bera olishi edi va u buni 100 foiz zo‘r bajardi”, - dedi Uayt.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!