"UFC Vegas 117" turniri. Zerikarli kard qiziqarli janglarni namoyish etdi
AQShning Las-Vegas shahrida "UFC Vegas 117" turniri yakunlandi. Garchi kard zerikarli bo‘lsa-da, ammo janglar aslo unday bo‘lmadi. Quyida ushbu kechada qayd etilgan natijalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Arnold Allen hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Melkizael Kostani mag‘lub etdi (50-45, 50-45, 49-46);
Du Hu Choy 2 raundda Daniel Santosni texnik nokautga uchratdi;
Xuan Diaz 2 raundda Malkolm Uellmeykerni bo‘g‘ish usuli bilan yengdi;
Modestas Bukauskas ochkolar evaziga Kristian Edvards ustidan zafar quchdi (29-28, 29-28, 28-29);
Benardo Sopay 2 raundda Timoti Kuambani sabmish orqali taslim etdi;
Xaos Uilyams 1 raunddayoq Nikolay Veretennikovni texnik nokautga uchratdi;
Ivan Erslan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Tuko Tokkosdan ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28);
Tommi Gent 2 raundda Artur Minevni texnik nokaut qildi;
Ketlen Viera ochkolar bo‘yicha Jakyulin Kavalkantini mag‘lubiyatga uchratdi;
Kodi Brendej 2 raundda Andre Petroskini texnik nokaut bilan yengdi;
Alisa Ardelean 2 raundda Poliana Vianani sabmishn evaziga taslim etdi;
Luis Gurule hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Daniel Bares ustidan g‘alaba qozondi (30-27, 30-27, 30-27);
Nikol Kalyari 3 raundda Shauna Bennonni bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lubiyatga uchratdi;

Fikrlar