"UFC Vegas 119" turniri. 13 ta jangning 9 tasi muddatdan avval yakunlandi

  • 21.06.2026 08:16
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozirgina AQShning Las-Vegas shahrida "UFC Vegas 119" turniri yakunlandi. Shiddatli kechgan janglarning barcha natijalari bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.

Manel Kape 3-raundda Kiodji Xoriguchini texnik nokautga uchratdi;

Navaxo Stirling 2-raundda Ion Kucelabani texnik nokaut qildi;

Kristian Rodriges 1-raundda Xaydar Amilni bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etdi;

Murtazali Magomedov 1-raundda Melsik Bagdasaryan ustidan sabmishn evaziga zafar quchdi;

Vinisius Oliveyra 2-raundda Andre Filini texnik nokautga uchratdi;

Kevin Borxas hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Andre Limadan ustun keldi (30-27, 29-28, 29-28);

Bias Meskita 1-raundda Melissa Mullinsni sabmishn evaziga yengdi;

Mitch Raposo ochkolar bo‘yicha Allan Nassimentoni taslim etdi;

Gaston Bolanos hakamlarning yakdil qarori bilan Maykl Asvell ustidan g‘alaba qozondi (29-28, 29-28, 29-28);

Levan Choxeli 1-raundda Leon Shahbazyanni texnik nokautga uchratdi;

Luana Santos  ochkolar evaziga Karol Rosani mag‘lub etdi (30-27, 30-27, 30-27);

Sheyn Kollins hakamlarning yakdil qarori bilan Otar Tanzilolovini yengdi (30-27, 30-27, 30-27).

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi UFC Fight Night turniri 27 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!