
"UFC Vegas 34" turniri yakunlandi. Barcha natijalar bilan tanishing!
Biroz avval AQShning Las-Vegas shahrida "UFC Vegas 34" turniri o‘z yakuniga etdi. Ushbu kechaning markaziy jangida o‘rta vazn toifasi vakillari Jared Kennonir hamda Kelvin Gastelum bahs yuritdi va yakunda hakamlar qaroriga ko‘ra, Jared g‘alaba qozondi. Qolaversa, o‘zbekistonlik Saidyoqub Qahramonov ham o‘z debyut jangida Trevin Jonsni muddatidan avval mag‘lub etdi.
Shuningdek, bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Quyida, barcha natijalar bilan tanishishingiz mumkin.
Yarim o‘rta vazn toifasi
Ramiz Braximadj (AQSh) - Sasha Palatnikov (Gonkong)- birinchi raundda Braximadj bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qozondi.
Engil vazn toifasi
Ruzvelt Roberts (AQSh) - Ignasio Bagamondes (Chili) - 3-raundda Baxomondes nokaut bilan zafar quchdi.
O‘ta engil vazn (Ayollar)
Bi Maletski (Shvetsiya) - Jozian Nunes(Braziliya) - Nunes raqibasini nokautga uchratdi.
Yarim og‘ir vazn toifasi
Uilyam Nayt (AQSh) - Fabio Chernat (AQSh) - Nayt birinchi raundda raqibini nokautga uchratdi.
O‘ta engil vazn toifasi
Brayan Kellexer (AQSh) - Domingo Pilarte (AQSh) - hakamlar qaroriga ko‘ra, Kellexer halabaga erishdi.
Yarim engil vazn toifasi
Luis Saldana (AQSh) - Ostin Lingo (AQSh) - hakamlar qaroriga muvofiq Linggo g‘olib chiqdi.
Super engil vazn toifasi
Aleksandro Pantoya (Braziliya) - Brendon Royvel (AQSh)- ikkinchi raundda Pantoya bo‘g‘ish uslubi bilan zafar quchdi.
Engil vazn toifasi
Vins Pichel (AQSh) - Ostin Xabbard (AQSh)- ochkolar hisobida Pichel g‘olib chiqdi.
O‘ta engil vazn toifasi
Trevin Jons (Guam) - Saidyoqub Qahramonov (O‘zbekiston) - Qahramonov 3-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qozondi.
Og‘ir vazn toifasi
Cheys Sherman (AQSh) - Parker Porter (AQSh)- ochkolar hisobida Porter zafar quchdi.
Engil vazn toifasi
Kley Guida (AQSh) - Mark Overgaard Madsen (Daniya) - Madsen ochkolar hisobiga ko‘ra, g‘alaba qozondi.
O‘rta vazn toifasi
Jared Kennonir (AQSh) - Kelvin Gastelum (AQSh) - Kennonir hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘olib deb topildi.
Fikrlar