
"UFC Vegas 36" turnirining barcha natijalari bilan tanishing!
AQShning Las-Vegas shahrida “UFC Vegas 36” turniri bo‘lib o‘tdi. Uning asosiy jangida o‘rta vazn toifasi vakillari Derek Branson hamda Darren Till o‘zaro bahs yuritdi. Ushbu to‘qnashuvda Branson 3-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qozondi.
Shuningdek, bir qator qiziqarli janglar ham bo‘lib o‘tdi.
Quyida, barcha natijalarni e’tiboringizga havola etamiz.
Og‘ir vazn toifasi
Tom Aspinall (Angliya) - Sergeya Spivak (Moldova) — 1-raundda Aspinal texnik nokaut bilan zafar quchdi.
Yarim o‘rta vazn
Aleks Morono (AQSh) - Davida Zavada (Germaniya) — Morono hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, g‘olib chiqdi.
Yarim og‘ir vazn
Xalil Rountri (AQSh) - Modestasa Bukauskas (Litva) —Rountri 2-raundda nokaut bilan g‘alaba qozondi
Engil vazn toifasi
Paddi Pimblett (Angliya) - Luidji Vendramini (Braziliya) — Pimblett 1-raundda nokaut bilan zafar quchdi.
Super engil vazn (Ayollar)
Molli Makken (Angliya) - Dji En Kim (Janubiy Koreya) — Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Makken g‘alaba qozondi.
O‘ta engil vazn
Jeyk Shor (Uels) - Lyudvika Sholinyana (Ukraina) – Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Shor zafar quchdi.
Engil vazn toifasi
Julian Erosa (AQSh) - Charlz Jordan (Kanada) — Hakamlarning bir ovozdan chiqargani qaroriga ko‘ra, Erosa g‘alaba qozondi.
O‘rta vazn toifasi
Mark-Andre Barrio (Kanada) - Lungiambulu (DR Kongo) — Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Barrio g‘olib chiqdi.
Fikrlar