
"UFC Vegas 54". Markaziy jang mudatidan avval yakunlandi (barcha natijalar)
Las-Vegasda "UFC Vegas 54" turniri o‘tkazildi. Kechaning markaziy jangida yarimog‘ir vazn toifasida Yan Blaxovich (29-9) va Aleksandr Rakich (14-3) oktagonga ko‘tarildi. Jang 3-raundda mudatidan avval yakunlandi. Rakich jarohat olganligi sababli texnik nokaut evaziga Blaxovich g‘alaba qozondi.
Ikkinchi markaziy jangda Rayan Spenn (20-7) birinchi raundda Ion Kutselabani (16-7-1) bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etdi.
Asosiy kardning qolgan natijalari bilan tanishing:
• Deyvi Grant (15-6) Lui Smolkani (16-9) 3-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi;
• Ketlin Chukayan (19-4) hakamlar qaroriga ko‘ra (29-28, 29-28, 28-29) Amandu Ribasdan (10-3) ustun keldi;
• Frenk Kamacho (20-11) birinchi raundda texnik nokaut bilan Manuel Torresga (7-2) yutqazdi;
• Allan Nasimento (19-6) hakamlarning yakdil qarori (30-27, 30-27, 30-27) bilan Jeyka Xedlini (12-3) mag‘lub etdi.
Fikrlar