UFCning eng engil vazn toifasi chempionini jangga chorlashdi

  • 24 avgust, 2021, 13:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFCning eng engil vazn toifasi vakili braziliyalik Aleshandre Pantoja (24-5) ushbu divizion chempioni Brendon Morenoga (19-5-2) o‘ziga xos chaqiruv tashladi:

Tecno

"Birinchi marta uni "The Ultimate Fighter" shousida engganman, keyin yo‘llarimiz UFC turnirida kesishgan va men uni yana mag‘lub qildim. Bu safar u jiddiy qaytish qildi va chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ammo, hozir mening paytim keldi, Moreno! Dekabrda jang qilishingni kutaman. Sen shunday bo‘lgani yaxshi deb o‘ylasang, shunday bo‘laqolsin. Dekabrda jang qilish men uchun ham qulay.",-dedi Pantoja.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha braziliyalik jangchi "UFC Vegas 34" turnirida AQSh vakili Brendon Royvellni (12-6) ikkinchi raund o‘tib borayotgan pallada bo‘g‘ish uslubi evaziga mag‘lub etgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!