
UFC'ning engilmas jangchisi o‘zining navbatdagi jangini qachon o‘tkazishini e’lon qildi
O‘rta vaznda (84 kg gacha) ringga ko‘tariladigan mashhur amerikalik engilmas jangchi Bo Nikal ligadagi navbatdagi jangini qachon o‘tkazishini ma’lum qildi.
“UFC 309, Medison Skver Garden, Nyu-York, 9 noyabr, 2024 yil”, — deb yozdi Nikal ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 13 aprel kuni Las-Vegasda o‘tkazilgan UFC 300 turniri doirasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Bo Nikal hamyurti Kodi Brandeyjga qarshi oktagonga ko‘tarilgan edi. Nikal ushbu jangda ikkinchi raunddayoq g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, Bo faoliyatida oltita g‘alabaga erishgan, ulardan uchtasi UFC’da qo‘lga kiritilgan.
Fikrlar