Ugo Lorisning APLdagi quruq o‘yinlari soni 100 taga etdi

  • 28 fevral, 2021, 23:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” darvozaboni Ugo Loris bugun APLning 26-turidan o‘rin olgan “Byornli”ga (4:0) qarshi o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

E’tiborlisi, frantsiyalik posbon shu tariqa, o‘zining premer-ligadagi quruq o‘yinlari sonini 100 taga etkazib oldi va “shporlar” tarixida APLda eng ko‘p o‘yinda gol o‘tkazmagan darvozabonga aylandi.

Bundan tashqari, Loris Angliya premer-ligasida 100 ta o‘yinda o‘z darvozasidan gol o‘tkazmagan tarixdagi 16-darvozabon bo‘ldi. Bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatgich esa «Chelsi» va «Arsenal» klublarining sobiq posboni Petr Chexta tegishli. U naqd 202 ta o‘yinni golsiz o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!