Ugu Viana: "Mark Gexi — "Manchester Siti"ni yanada kuchaytiradigan himoyachi"
"Manchester Siti" sport direktori Ugu Viana Mark Gexining transferi haqida fikr bildirdi.
"Shaharliklar" himoyachini "Kristal Pэlas"dan 20 million funt sterling va bonuslar evaziga xarid qildi.
"Ochigini aytganda, Mark Gexi ancha vaqtdan beri Angliya futbolidagi eng yaxshi himoyachilardan biri hisoblanadi. Shuning uchun uni “Manchester Siti”ga olib kelganimizdan juda xursandmiz. Menimcha, biz jamoani yanada rivojlantiradigan katta iste'dod bilan shartnoma imzoladik.
U hali 25 yoshda, ammo allaqachon yetakchi ekanini, yuqori darajadagi professionaliligini va doim o‘z ustida ishlashga intiluvchanligini isbotlagan.
Mark jismonan kuchli, himoyada juda yuqori sifatlarga ega, o‘yinni a’lo darajada o‘qiydi va har safar maydonga tushganida ishtiyoq hamda energiya olib kiradi. U faoliyatining eng yaxshi davriga kirib kelmoqda.
Ishonamanki, “Siti”ning har bir muxlisi uning osmonrang libosda qanchalik yuqori darajada o‘ynay olishini ko‘rishdan mamnun bo‘ladi", — dedi Viana.

Fikrlar