Ukraina - Angliya uchrashuvini qaysi hakam boshqarishi ma’lum bo‘ldi

  • 1 iyul, 2021, 15:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA “Evro-2020”ning chorak finalidan o‘rin olgan Angliya va Ukraina terma jamoalari o‘rtasidagi bahsni boshqarib boradigan hakamlar guruhini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Rimdagi o‘yinni Feliks Brix boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Unga qanotlarda Mark Borsh va Shtefan Lupp yordam beradi. O‘yinning zaxira hakami sifatida Karlos del Serro ko‘rsatilgan.

Videoassistent referi (VAR) tizimida Marko Fritts, Kristian Dingert, Kristian Gittelmann va Bastian Dankert ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina – Angliya uchrashuvi 3 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!