Ukraina prezidenti Frantsiyaga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

  • 25.03.2021 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha “JCh-2022” saralashi doirasida mamlakat bosh jamoasining safarda Frantsiya bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Jahon chempionlariga qarshi mehmondagi durang yomon emas. Jamoani va murabbiyni ajoyib natija bilan tabriklayman. Olg‘a, Ukraina!”, - deb yozdi Zelenskiy o‘z tvitter sahifasida.

Ukraina navbatdagi uchrashuvini 28 mart kuni o‘z maydonida Finlyandiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!