Ukraina Slovakiyaga, Frantsiya esa Niderlandiyaga qarshi! Bugun bizni qanday bahslar kutib turibdi?

  • 21 iyun, 2024, 07:44
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Evro-2024"ning ikkinchi turidan o‘rin olgan bahslar davom etadi. Bugun ham 3 ta o‘yin bizni kutib turibdi. Quyida shu haqida batafsil tanishishingiz mumkin. 

Tecno

Slovakiya - Ukraina

Dastlabki turdan keyin ko‘pchilik uchun Ukraina hech qanday qarshilik ko‘rsata olmaydigan jamoa sifatida bo‘lib turibdi. Sababi, Rebrov shogirdlari turnirning eng arzon jamoasi bo‘lmish Ruminiyadan 3 ta gol o‘tkazib, bunga javob bera olmadi. Bugun esa ularni Belgiyani taslim qilgan Slovakiya kutib turibdi. Agarda ikkinchi turda ham ukrainaliklar mag‘lubiyatga uchraydigan bo‘lsa, guruhdan chiqish masalasi qiyin bo‘lib qoladi. Shu sababli, Ukraina bor kuchini berib harakat qilishi kerak bo‘ladi. Slovakiya bo‘lsa birinchi o‘yindan keyin o‘ziga bo‘lgan ishonchi ancha oshgan. 

  • Europe - Yevropa chempionati
  • Guruh bosqichi

Polsha

  • Krzysztof Piatek 30'
Tugadi
1 : 3

21.06.2024 21:00

Avstriya

  • Gernot Trauner 9'
  • Christoph Baumgartner 66'
  • Marko Arnautovic 78'

Polsha - Avstriya

Niderlandiya bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda polshaliklar yomon taassurot qoldirgani yo‘q. Jamoa o‘sha uchrashuvda hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgandi, lekin Kuman shogirdlari so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. Avstriya esa Frantsiyaga hech qanday kurash taklif qila olgani yo‘q. Ammo atigi bitta gol o‘tkazib yuborgani ham tahsinga sazovor. Demak, bu teng kuchga ega bo‘lgan ikki jamoaning to‘qnashuvidir. Tomonlar hali Evrodagi ilk ochkolarini qo‘lga kiritishmadi. Bugun kimningdir an’anasi yakunlanadi. 

  • Europe - Yevropa chempionati
  • Guruh bosqichi

Polsha

  • Krzysztof Piatek 30'
Tugadi
1 : 3

21.06.2024 21:00

Avstriya

  • Gernot Trauner 9'
  • Christoph Baumgartner 66'
  • Marko Arnautovic 78'

Niderlandiya - Frantsiya

3 ochkoga ega bo‘lgan Niderlandiya va Frantsiya guruhdan kim birinchi chiqishi uchun kurash olib borishadi. Agarda bugun qaysidir tarafga g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, pley-offga yo‘l olgan 3-jamoaga aylanadi. Hozircha bu ishni faqat Ispaniya va Germaniya uddalay oldi. O‘zaro o‘yinlar tarixida so‘nggi marta Niderlandiya 2018 yilda yutgandi. Undan keyingi 2 ta uchrashuv frantsuzlarning g‘alabasi bilan tugadi. 

  • Europe - Yevropa chempionati
  • Guruh bosqichi

Niderlandiya

Tugadi
0 : 0

22.06.2024 00:00

Fransiya

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!