
Ukrainalik afsonaviy futbolchi Evropa ligasi finaliga nogironlik aravachasida tashrif buyurdi (video)
Ukraina futbolining tirik afsonasi Oleg Bloxin kecha “Chelsi” hamda “Arsenal” jamoalari o‘rtasidagi Evropa ligasini tomosha qilish uchun Bokuga keldi.
E’tiborlisi, 66 yoshli Bloxin bu erga nogironlik aravachasida tashrif buyurdi. Uning sog‘ligi bilan bog‘liq jiddiy muammolar paydo bo‘lgani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Bloxinning so‘nggi sh joyi Kievning “Dinamo” klubi bo‘lgan edi. U ushbu jamoani 2012-2014 yillarda boshqargan.
Fikrlar