
Ular “Chelsi”ni qutqara olmaydi!
“Chelsi”ning bir necha futbolchisi jarohat olgani bois klub tomonidan ijaraga jo‘natilgan va boshqa jamoalarda o‘zini ko‘rsatayotgan o‘yinchilarning ortga qaytarilishi haqida xabarlar chiqayotgan edi.
Xususan, “Kristal Pelas”dagi Konor Gallaxer va “Norvich”dagi Billi Gilmor premer ligada barqaror o‘yinlari bilan muxlis-u, mutaxassislar e’tiborini qozonmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, yarim himoyachilar etishmasligidan qiynalayotgan Tomas Tuxel bu ikki o‘yinchini ortga qaytara olmaydi. Bu ularning o‘yin amaliyoti bilan bog‘liq. Har ikki yarim himoyachi o‘z jamoasida asosiy tarkibda muntazam o‘ynamoqda. Shartnomaga ko‘ra, ijaradagi futbolchi etarli darajada maydonga tushirilmasagina ularni yanvarda ortga qaytarish mumkin.
22 yoshli Gallaxer 16 ta uchrashuvda qatnashib, oltita gol bilan jamoasi to‘purari bo‘lib turibdi. 20 yashar Gilmor esa “Norvich” safida o‘n marta maydonga tushdi.
Fikrlar