
Ule-Gunnar Sulsher Igaloni nima sababdan ijaraga olganiga izoh berib o‘tdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule Gunnar-Sulsher Odion Igaloning transferi haqida gaprib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, "qizil iblislar" transfer oynasining so‘nggi kunida futbolchini Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubidan mavsum so‘nggiggacha ijaraga olgan edi.
"Odion tajribali futbolchi, u bizga hujumdagi o‘yinimizni o‘zgartirish imkoniyatini beradi. U bu erda o‘tkazadigan vaqti davomida iloji boricha ko‘proq ishni uddalashga harakat qiladigan katta tajribaga ega ajoyib yigit", - deydi Sulsher.
Fikrlar