Ulug‘bek Baqoev: "Ayrim o‘yinchilarimizning darajasi liga darajasiga mos emas"

  • 20 may, 2023, 07:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Cola Superliga 11-turida o‘z maydonida «So‘g‘diyona» klubiga mag‘lub bo‘lgan «Buxoro» klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev, takrib darajasi, yozgi transferlar vaqtidagi rejalar, Toshpo‘latovning holati va muxlislarga nima deyishi mumkinligi haqida gapirdi.

«O‘yinni yaxshi boshladik va vaziyatlar yaratdik. Ammo tushunarsiz holatlarda o‘yinimiz uncha qovushmadi. Zaxiradan tushirgan o‘yinchilar ishonchni oqlashmadi. To‘g‘risini aytsam, almashtirishlarda xato qildim. Bugun tarkibdagi ayrim o‘yinchilarning darajasi liga darajasiga mos emas. Ammo hozir tarkib shunday. O‘yinchilarga bugungi o‘yin va mehnat qilganliklari uchun rahmat. Ishlashda va izlanishda davom etamiz.

Bugungi tarkibimiz bizning imkoniyatlarimizni chegaralaydi. Borimiz shu. Darajamizdan kelib chiqib taktika tanlaymiz. Hozir faqat natija uchun o‘ynayapmiz. Natija bo‘lsa boshqa narsalar ham keladi. Muxlislarga ham natija kerak. Mavsum oldidan shu tarkib yig‘ilgan. Men hozircha boridan foydalana olaman.

Albatta, mavsum oralig‘ida tarkibni kuchaytirishga harakat qilamiz. Ayrim o‘yinchilar aytganimdek darajamizga mos emas. Bu bilan klub rahbariyati, mas’ullar ishlashyapti.

Bugun mashg‘ulotlarda kim yaxshiroq harakatlansa, maydonga shu tushyapti. Toshpo‘latov hozir biroz tayyor emas. Hozircha maydonga kim yaxshiroq bo‘lsa shu tushyapti.

Hozirgi vaziyatdan chiqib ketishimizga ishonaman. Muxlislarga biroz kutishlari va sabr qilishlari kerakligini aytgan bo‘lardim", - dedi Baqoev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!