Ulug‘bek Baqoev "Bunyodkor"ga qarshi o‘yindan keyin nimalar dedi?

  • 25 aprel, 2021, 02:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogining 2-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «So‘g‘diyona» (1:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev ishtirok etdi.

- Ochig‘i, birinchi bo‘lim biroz zerikarli o‘tdi. Tezkor gol urdik, lekin «Bunyodkor» ko‘proq to‘pni nazorat qildi. Tanaffusda o‘yinni kuchaytirish uchun bir yo‘la uch o‘zgarishni amalga oshirdik. O‘ylashimcha, ikkinchi bo‘lim ancha qiziqarli tus oldi. Kurashlarga boy o‘yin va jangovor durang. Keyingi uchrashuvlarda «Bunyodkor»ga ham o‘zimizga ham omad tilayman!

Hasanov, Norxonovni zaxirada qolgani taktika bilan bog‘liq emas. Shunchaki, tarkibimizda 20 nafardan ortiq futbolchi bor. Hammaga imkoniyat berishni xohladik. Balansni ushlab turish uchun kamroq maydonga tushayotgan o‘yinchilarni ham sinab ko‘rish lozim. Kimlarga tayanishimiz mumkinligini bilishimiz kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!