Ulug‘bek Baqoev: Golimizni inobatga olinmagan vaziyat biroz tushunarsiz. Hozir ayrim o‘yinchilarimiz yig‘lab o‘tiribdi

  • 14 mart, 2020, 19:04
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 3 - tur doirasidagi "Qo‘qon-1912" - "So‘g‘diyona" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “So‘g‘diyona” jamoasi ustozi Ulug‘bek Baqoev ishtirok etdi. Bu haqda "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

- Avvalambor, qo‘qonliklarni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun muxlislar jamoani yuqori darajada qo‘llab-quvatlab turishdi. Jamoaga keyingi o‘yinlarda ham omad tilayman. O‘yin borasida gapiradigan bo‘lsam, shogirdlarimning o‘yinidan qoniqdim. Ular mag‘lubiyatga uchrab turganiga qaramay, shashtni tushirishmadi.

Bizning golni inobatga olinmagan vaziyat biroz tushunarsiz bo‘ldi, deb uylayman. Hozir ayrim o‘yinchilarimiz yig‘lab o‘tiribdi. Biz futbolni muxlislar uchun o‘ynaymiz. Futbolda printsip bo‘lishi uchun, go‘zallik bo‘lishi uchun intilishimiz kerak. To‘g‘ri, biz ko‘p ochko yo‘qotdik, lekin chempionat endi boshlandi. Hozir xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerak. Biz oldimizga qo‘ygan vazifadan qaytmaymiz, - dedi Baqoev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mirali Hcerali
15/03/2020 09:07
Баттар бул ит у'рис.ту у'рус бачча
Рашид Хожаханов
14/03/2020 20:33
Судя парот килди голни хисобга олиади. Яна судяликни савияси пастлиги яккол билинди Узбекистонда судялар муаммоси.