Umar Nurmagomedov: "Islom Maxachov Xitoydagi jangimga kelmaydi"

  • 27.08.2026 13:15
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli MMA ustasi Umar Nurmagomedov nima uchun bu safar uning burchagida amaldagi chempion Islom Maxachev bo‘lmasligini tushuntirdi.

"Islom oxirgi marta juda uzun va og‘ir jang o‘tkazdi, shuning uchun u uyiga jo‘nab ketdi. Biroq Maxachev uydan turib ham telefon orqali mendan xabar olib turibdi.

Uni tushunaman, ba‘zida hamma narsadan shunchalik charchaysaniki, shunchaki tanaffus qilib, dam olishing kerak bo‘ladi", - dedi rossiyalik Shanxaydagi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Umar Nurmagomedov 29 avgust kuni Shanxayda bo‘lib o‘tadigan "UFC Fight Night 286" turnirida xitoylik Song Yadongga qarshi jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!