Umar Nurmagomedov mag‘lub bo‘lgan "UFC Shanghai" turnirida bir qator rekordlar o‘rnatildi!

  • 30.08.2026 00:43
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC rahbari Dana Uayt Shanxayda bo‘lib o‘tgan UFC turniri qoyilmaqom tarzida o‘tganini ta’kidladi.

"Yana bir ajoyib janglar kechasida yangi rekordlar o‘rnatildi. Rasmiy 16 188 nafar tomoshabin chipta xarid qildi va mazkur oqshom eng katta daromad keltirgan, arenaga eng ko‘p tomoshabinni jamlagan, Osiyoda o‘tkazilgan "UFC Fight Night" lar tarixidagi eng katta chipta tushumini amalga oshirgan, Osiyoda o‘tkazilgan "UFC Fight Night" lar tarixidagi eng ko‘p tomoshabin qatnashgan turnirga aylandi", - deya Instagram tarmog‘iga "story" joyladi UFC prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, ushbu oqshomning markaziy to‘qnashuvida Song Yadong 2 raundda Umar Nurmagomedovni nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!