Umar Nurmagomedov: "Xabibning rekordini buzib tashlayman"
O‘ta engil vaznda UFC jangchisi Umar Nurmagomedov akasi Xabib Nurmagomedovning g‘alabali seriyadan iborat rekordini yangilamoqchi.
"Men Xabibning 29 g‘alabali rekordini buzmoqchiman. To‘g‘ri, bu oson bo‘lmaydi. Ammo mening o‘z rejalarim bor. Yiliga 3-4 ta jang o‘tkazsam va yutqazmasam, 36 yoshimgacha maqsadimni amalga oshira olaman. Navbatdagi jangim esa hamon Kori Sendxagen bilan bo‘lishiga ishonaman. Chunki u ayni paytda men uchun eng yaxshi raqib bo‘lib turibdi", - dedi Nurmagomedov "Ushateyka" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Umar Nurmagomedov 18 ta g‘alabadan iborat seriyaga ega. Rossiyalik jangchi hozircha mag‘lub bo‘lmadi.

Fikrlar