Umid Ahmadjonov Qibray tumanidagi IIVga qarashli Akademik litseyga tashrif buyurdi

  • 21 fevral, 2018, 15:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Bugun 21 fevral kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Qibray tumani Baytqo‘rg‘on qishlog‘idagi Ichki ishlar vazirligining 2-sonli Toshkent Akademik litseyiga tashrif buyurdi.

Umid Ahmadjonov bu o‘quv dargohidagi sportchilarni tayyorlash bo‘yicha shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tashrif davomida litseyda tahsil olayotgan bir qancha sportchilar - erkin kurash bo‘yicha tuman miqyosidagi, respublika miqyosidagi chempionlar bilan  ham uchrashib, suhbatlashildi. Litseyda yosh chempionlarni tayyorlash uchun qanday sharoitlar zarurligi, nimalarga ahamiyat qaratish kerakligi haqida litsey ma’muriyati bilan fikr almashildi.

Shundan so‘ng, Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyat qozongan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va futbolchilar – Zabihullo O‘rinboev, Javohir Sidiqov, Abbos Otaxonov, Suxrob Nurullaev litsey o‘quvchilari bilan uchrashib, Osiyo chempionati taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi. Shuningdek, o‘quvchilar ularga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, javoblar olishdi. Chempionlar bilan birga esdalik uchun suratga tushishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!