
Unai Emeri: "Arsenal"ning asosiy maqsadi - Evropa ligasida g‘olib chiqish
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri bugun Evropa ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Valensiya"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Jamoamizning ushbu turnirdagi maqsadlari ulkan. Bu yarim final biz uchun oson bo‘lmaydi. Ochig‘i, biz mavsum boshidayoq APLda kuchli to‘rtlikka kirish qiyin bo‘lishini bilgandik. “Arsenal” hozir ham bunining uchun kurashni davom ettirmoqda. Evropa ligasi esa biz uchun asosiy maqsad hisoblanadi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” - “Valensiya” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar